YANGILIK
Jamshid Saidov bilan shartnoma uzaytirildi

Bugun jamoamiz bosh murabbiy Jamshid Saidov klub bilan shartnomansni 2 yilga uzaytirdi.
2023-yilgi mavsum oʻrtalarida jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangan mutaxassis Superligada 16 ta uchrashuvda “Qizilqum” ni murabbiy sifatida maydonga olib chiqdi. Mazkur bellashuvlarning 6 tasida gʻalaba, 4 ta uchrashuvda durang hamda 6 ta uchrashuvda magʻlubiyat qayd etildi. Qolaversa, jamoami Superligaga oʻtish oʻyinida “Qoʻqon-1912” ustidan gʻalabaga erishib, elitada oʻz oʻrnini saqlab qoldi.
Tajribali mutaxassis Jamshid Saidovga jamoamizdagi keyingi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qolamiz.