YOSHLAR
O’tgan yilgi mag’lubiyat uchun “revansh” olindi!
- Kecha “Qizilqum” yoshlar jamoasi U-21 chempionatining 11-turida Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qizg’in kurashlarga boy o’tgan bellashuvda vakillarimiz Akmal Muzaffarovning 35-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g’alaba qozondi. Ushbu g’alaba bilan yigitlarimiz yoshlar ligasida ketma-ket uchinchi bahsda zafar quchmoqda. Qolaversa vakillarimiz mazkur g’alaba bilan samarqandliklar bilan o’tgan yilgi mag’lubiyat uchun “revansh” oldi.
U-21 Chempionati, 11-tur - “Kimyogar” stadioni, Samarqand
- “Dinamo” — “Qizilqum” 0:1
- Gol: Akmal Muzaffarov 35’ (0:1)
- “Dinamo” (U-21): 27. Edem Nemanov, 2. G’olibjon Bahromov, 19. Oybek Hamroqulov, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 23. Behruzbek Oqlaqulov, 24. Muhsin Bazarov, 28. Bakir Saidov , 36. Ismoilbek Farhodov, 44. Ravshanbek Abdumannonov, 45. Mansur Sharipov, 77. Vohidjon Oqbo’tayev.
- Zahira: 1. Javohir Rustamov, 30. Shohjahon Ismoilov, 31. Ilxom Jo’rayev, 35. Edem Seytveliyev, 38. Dilyorjon Bahtiyorov, 39. Saidakbar Nematov, 41. G’ayrat Namozov, 47. Javohir Gulmatov, 54. Sardor Doniyorov.
- “Qizilqum” (U-21): 12. Suhrob Eshboyev, 2. Kamron Norqulov, 3. Doston Tursunov, 6. Murodali Usmonov, 17. Akmal Muzaffarov, 19. Ilhomjon Kenjayev, 20. Bobomurod Bozorov (c), 24. Xo’jamurod Tursunov, 32. Mustaqim Boboqulov, 33. Sulton Rahmatov, 36. Shohruh Nishonov.
- Zahira: 29. Jahongir Erkinov, 31. Damir Abdullayev, 34. Sherzod Majidov, 37. Ibrohim Erkinov, 40. Shomurod Tog’aymurodov, 42. Samandar Rahimov, 82. Shohruh Xalikov.