Klub rahbariyatida o‘zgarish

Kuni kecha «Qizilqum» jamoasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu paytgacha jamoa bosh direktori vazifasini bajarib kelayotgan Alisher Xoliqov o‘rniga Ergashev Amin Abdurasulovich tayinlandi.
Alisher Xoliqov esa endilikda jamoaning sport direktori lavozimida, shu vaqtga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Vohid Shodiyev esa texnik direktor lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
«Qizilqum» PFK bosh direktori haqida ma’lumot:
Ismi sharifi: Ergashev Amin Abdurasulovich
Tug‘ilgan kuni: 26.01.1986 y
Tug‘ilgan joyi: Navoiy viloyati, Karmana tumani
Ergashev Amin Abdurasulovich shu kungacha sportning MMA (aralash yakkakurash) turi bo‘yicha faoliyatini olib borgan. Bir nechta janglarda g‘alaba qozonib, turli kamarlarni qo‘lga kiritgan. Ayni paytda Navoiy viloyati MMA federasiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Aminjon Abdurasulovichga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!