YANGILIK
Bizning futbolchilarimiz va murabbiyimiz terma jamoalarga chaqirildi
- Timur Kapadze boshqaruvidagi O’zbekiston terma jamoasi 17-25 mart kunlari JCH saralash uchrashuvlari uchun yig’inga kirishadi. Mazkur yig’inga bosh murabbiy «Qizilqum» jamoasi himoyachisi Dilshod Komilovni ham jalb etdi. Futbolchimizga va terma jamoamizga omad tilab qolamiz.
Undan tashqari FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O’zbekiston U-23 terma jamoasi ham navbatdagi o’quv mashg’ulot yig’inini o’tkazadi. Ushbu yig’inga klubimiz yarim himoyachisi Shahzod Rahmatullayev ham chaqirilgan. Shahzodga hamda terma jamoamizga omad tilab qolamiz.
Qolaversa «Qizilqum» PFK jamoasi tahlilchi murabbiyi Sobir Pirnazarov Islom ismoilov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U-17 terma jamoasiga chaqirildi. Mutaxassisimizga termadagi faoliyatiga omad tilaymiz.