ANTALIYA YIG'INI
«Qizilqum» futbolchilari uchun seminar tashkil etildi
- Har yili mavsum oldidan futbol klublari uchun halol oʻyin tamoyillari va futbol qoidalariga kiritilgan yangiliklar bo‘yicha seminarlar o‘tkaziladi. Bugun, 19-fevral kuni jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonada seminar tashkil etildi. Unda jamoa futbolchilari hamda murabbiylar shtabi ishtirok etishdi.

- Mazkur seminarni O’zFHM VAR bo’yicha mutaxassis va nazoratchisi Jahongir Saidov olib bordi. Tadbir davomida so‘nggi yillarda futbol uchrashuvlari vaqtida yuzaga kelayotgan bahsli vaziyatlar hamda boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. Qizg’in ruhda o’tgan yig’ilishda futbolchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

