ANTALIYA YIG'INI
«Qizilqum» – KXDR terma jamoasiga kichik hisobda mag’lub bo’ldi
- Bugun Nikola Lazarevich boshchilig «Qizilqum» klubi Antaliyadagi yig’in doirasida navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi. Navoiyliklarga bu safar Shimoliy Koreya terma jamoasi raqiblik qildi. Kuchli yomg’ir ostida o’tgan uchrashuvda raqiblar kichik 1:0 hisobida g’alaba qozondi. O’yindagi yagona golga KXDR terma jamoasining 19-raqamdagi futbolchisi Song Hye Kim mualliflik qildi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi - “Emirxan” SM maydoni
- KXDR terma jamoasi — «Qizilqum» 1:0
- Bosh hakam: Bayaliyev Urmat
- Yordamchi hakamlar: Talipjanov Ismail, Kanybek Azizbek
- Zaxira hakami: Kadyrova Malika
- Nazoratchi: Grishenko Sergey
- Gol: Song Hye Kim 60′ (1:0)
- KXDR terma jamoasi: 21. Kwang Jun Yu, 2. Jin Hyok Kim, 3. Kuk Chol Jang (c), 4. Kum Chol Ri, 6. Tam Kye, 7. Kwang Nam, 8. Kuk Jin Kim, 12. Ryong Il Choe, 14. Kwang Myong, 22. Chung Guk, 23. Kum Song.
- Zaxira: 1. Ju Hyok Kang, 5. Hwi Nam Jon, 9. Jo Guk Ri, 10. Il Song Ri, 11. Kwang Hun, 12. Ryang In Choe, 15. Myong Song, 16. Yu Song Kim, 17. Kuk Chol, 19. Song Hye Kim.
- «Qizilqum» jamoasi: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhomjon Vahobov, 10. Shahzod Raxmatullayev, 11. Jambui Jigauri (c), 30. Alen Mashovich, 33. Dushan Miyich, 44. Dilshod Komilov, 55. Diyor Raxmatilloyev, 70. Farhod Bekmurodov, 80. Nikola Kumburovich, 99. Roman Papariga.
- Zaxira: 16. Farhod Rahmatov, 7. Davron Anvarov, 45. Ilhom Kenjayev, 22. Shahzod Turopov, 6. Murodali Usmonov, 90. Samandar Shukrullayev, 71. Asadbek Baxshilloyev, 8. Sulton Rahmatov, 77. Fayzullo Jumanqo’ziyev, 5. Farruh Jo’rayev.

