ANTALIYA YIG'INIYANGILIK
«Qizilqum» Antaliya yigʻinini boshladi
Avval xabar qilganimizdek, yangi mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichini oʻtkazish uchun jamoamiz Turkiyaning Antaliya shahriga yoʻl oldi.
Juma kuni erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaga yoʻl olgan jamoamiz delegatsiyasi kunning ikkinchi yarmida belgilangan manzilga yetib keldi va “Limak Deluxe” mehmonxonasiga joylashdi.
Kechga yaqin futbolchilarimiz xorij yigʻini doirasida ilk mashgʻulotlarni oʻtkazishdi.
Asror Aliqulov boshchiligidagi futbolchilarimiz ikki haftalik xorij yigʻini doirasida toʻrtta nazorat uchrashuvini oʻtkazishni rejalashtirishgan.
Jamoamizning yigʻin davomidagi raqiblari va uchrashuvlari sanasi haqida batafsil maʼlumotni keyinroq taqdim etamiz.