INTERVYU
Oʻzbekiston kubogi 1-turidan oʻrin olgan “Olimpik MobiUz” – “Qizilqum” (2:1) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida
Bugun asosan yosh futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushirgandik. Birinchi boʻlimda oʻyinimiz chiqmadi. Ikkinchi boʻlimda hujumlarni faol tashkil etdik, gol ham urdik. Magʻlub boʻlgan ekanmiz, umumiy aytadigan boʻlsam, bugun yomon oʻynadik. - Kubok bahslarida jamoa oldiga qanday maqsad qoʻyilgan?
Kubokmi, chempionatmi, farqi yoʻq, hamma gʻalaba qozonishni istaydi. Xatto oʻrtoqlik yoki nazorat uchrashuvlarida ham hech bir jamoa yutqazaman deb maydonga chiqmaydi. Vazifamiz bor, navbatda 2 ta oʻyin bor, oʻsha uchrashuvlarda gʻalabaga erishib, pley-off bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. - Maydon haqida fikringiz?
Barcha aʼlo darajada. Infratuzilma jihatdan ham zoʻr. Bu borada menda biron eʼtiroz yoʻq.