INTERVYU
Superliganing 6-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- Oʻyin haqida
– Ogʻir oʻyin boʻldi. Birinchi boʻlimdagi koʻp xatoliklarga yoʻl qoʻydik va shuning evaziga gol oʻtkazib yubordik. Ikkinchi boʻlimda yigitlar xarakter koʻrsatishdi va oxirigacha kurashishdi. Futbol oʻzi shunaqa oʻyin, qanday natija bilan tugashini taxmin qilish qiyin. Harakat qildik, hujumlar tashkil etdik va golga ham haqli edik deb oʻylayman.
- “Qizilqum” futbolchilarining jismoniy holati avvalgi mavsumlardan yaxshiroq koʻrinayapti. Buning siri nimada?
– Hech qanday siri yoʻq. Jamoaviy futbol oʻynashga intilayapmiz, mashgʻulotlarda bu borada ishlayapmiz. Aniq uzatmalar futbolchining erta charchab qolishini oldini oladi.
- Legionerlar koʻrsatayotgan oʻyinlar sizni qoniqtirayaptimi?
Legionerlar bilan bogʻliq muammo bizda yoʻq. Barchasi oʻz vazifalarini bajarish uchun astoydil harakat qilishmoqda.
