INTERVYU

Superliganing 5-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • Oʻyin haqida:

    Birgina xato evaziga gol oʻtkazib yubordik. Umumiy aytganda oʻyinimiz yomon chiqmayotgandi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga raxmat aytaman. Shuningdek, uzoq yoʻl bosib kelib bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga ham raxmat.
  • Dastlabki turlarni yaxshi boshlagandingiz. Keyin jamoa natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Buni qanday izoxlaysiz?

    Natijalarimizni yomon deb boʻlmaydi. Safar oʻyinida yutqazib qoʻydik. Umumiy oʻyin boʻyicha hech bir raqibdan kuchsiz oʻyin koʻrsatmayapmiz.
  • Vaziyatlarni yakunlashda muammo bordek koʻrindi…

    Boʻlishi mumkin. Lekin bugungi oʻyinda gol ura olmaganimizga sabab “Soʻgʻdiyona” yaxshi himoyalandi. Umumiy oʻyin kartinasida biz koʻproq ustunlikka ega boʻldik. Bitta xato qimmatga tushdi. Navbatdagi oʻyinlarga tayyorgarlikka kirishamiz.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button