INTERVYU

Superliganing 8-turidan o’rin olgan «Qizilqum» va «Olimpik» (2:4) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi

  • Oʻyin haqida

    Oʻyin tizginini qoʻldan boy berdik. Ikkinchi boʻlim kutilmagan vaziyatlarga boy boʻldi. Qizil kartochka rejalarimizni oʻzgartirib yubordi.
  • Akaki Shulayaning chetlatilishi oʻyin natijasiga qanchalik taʼsir qildi? Umuman ushbu kartochkaga munosabatingiz qanday?

    Aytib oʻtdim, qizil kartochka bizning rejalarimizga taʼsir koʻrsatdi. Shulaya maydondan chiqib ketganidan soʻng oʻyin tizginini qoʻldan boy berdik. Shuningdek, “Olimpik” vakillari ham ikkinchi boʻlimda oʻyinni kuchaytirishdi.
     
  • Sherzod Fayziyevning oʻyin oldidan jarohat olishi rejalaringizga taʼsir qildimi?

    Bu futbol, unda shunaqa holatlar ham boʻlib turadi. Fayziyevning jarohat olishi sabab oʻzgarish qilishga majbur boʻldik. Dastlabki rejaga bu holat taʼsir koʻrsatdi.
  • Elgujaning birga-bir vaziyatdan foydalana olmasligi nima bilan bogʻliq?

    Oʻyin amaliyoti kam boʻlganligi sabab unda vaziyatni his qilishda aniqlik yetishmadi. Navbatdagi oʻyinlarga toʻliq tayyor boʻladi degan umiddamiz. Stadionga kelib bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislardan magʻlubiyat uchun uzr soʻraymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, ularni uyga yaxshi kayfiyatda qaytishlariga harakat qilamiz.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button