INTERVYU

Superliganing 25-turi doirasida «Navbahor»dan uchralgan mag’lubiyatdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi

  • – O’yin haqida biror nima deyish qiyin. Qo’pol qilib aytganda, biz yosh bolalardek futbol o’ynadik, raqiblar esa bizni yanchib tashlashdi. Raqibga barcha jabhalarda mag’lub bo’ldik.
  • – Jamoliddin Ubaydullaevning bugungi o’yini haqida nima deya olasiz? Bizningcha, u bugungi o’yinda juda ko’p xato qildi.
  • – Faqatgina Jamoliddin emas, barcha himoyachilar juda yomon o’ynashdi. Hech kimni ajratib ko’rsata olmayman. Jamoa yutqazdi, barcha yutqazdi. Hech kimni ayblamoqchi emasman. Markazda, himoyada ko’plab xatolar qildik, hujumdagi ishlarimiz o’xshamadi.
  • – Jamoanining 2024 yilgi mavsumdagi ishtirokidan qoniqdingizmi?
  • – Umuman olganda hali yana bir tur bor. Oldindan biror nima deya olmayman. Hozircha gapirish qiyin. O’zingiz ko’rib turibsiz, his qilyapsiz. Yana bir turimiz bor, oxirigacha kurashamiz, harakat qilamiz. Ko’ramiz…
  • – Bugun Ilhom Vahobovni umuman ko’rmadik.
  • – Uning oilaviy muammolari bor edi. SHu sababli u bugun ko’rinmadi.
  • – Zaxiradan tushgan futbolchilar Siz o’ylagandek o’yin ko’rsata olishdimi?
  • – O’yinimiz yaxshilanishiga umid qilgan holda o’yinni o’zgartirishga harakat qildik. Boshqa sxemaga o’tdik, avvaliga gol urib olgandik. Keyin qator xatolarga yo’l qo’ydik. Himoyachilar juda yomon o’ynashdi.
  • – Yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo’lsangiz, kimlarni olib qolish va ketkazib yuborishni o’ylab ko’rdingizmi?
  • – Buni vaqt ko’rsatadi. Hozircha nimadir deya olmayman. Mavsumni yakunlaganimizdan keyin barchasi ko’rina boshlaydi. SHartnomam yil oxirigacha, agar uzaytiriladigan bo’lsa, bu masala ko’rib chiqiladi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button