Avval xabar berilganidek, 2023-yilgi futbol mavsumi oldidan OʻFA maxsus inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan Superliga jamoalari vakillari ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda. Navbatdagi seminar “Qizilqum” futbol klubi bilan boʻlib oʻtdi.
Unda OʻFA maxsus inspeksiyasi vakillari Dilshod Hakimov va Abdujalil Pardiyev ishtirok etishib, kelishilgan oʻyinlarga yoʻl qoʻymaslik, uning salbiy oqibatlari va qoʻllaniladigan keskin choralar haqida tushunchalar berib oʻtdilar. Klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilarga mavzuga oid maʼlumotlar taqdim etildi.