Shulayaga koʻrsatilgan kartochkalar bekor qilindi

“Olimpik”—“Qizilqum”
Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. Shulayaga uchrashuv bosh haqami tomonidan berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka boʻyicha vaziyat Oʻzbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan, deb topilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki Shulayaga mazkur uchrashuvda koʻrsatilgan barcha kartochkalar OʻFA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.