BOSH MURABBIY ASROR ALIQULOVYANGILIK

Jamoamiz bosh murabbiyi Asror Aliqulov Superliganing uchinchi turi doirasida o’tkazilgan «Metallurg»ga qarshi uchrashuvdan so’ng fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

“Metallurg” muvaffaqiyatsiz startini hisobga olib, ilk daqiqalardan katta bosim bilan harakat qildi. Gʻalaba uchun oxirigacha kurashishini bilgan holda tayyorgarlik koʻrgandik. Rejamiz qarshi hujumda vaziyatlar yaratish edi, amalda shunday ham boʻldi. Birinchi boʻlimda yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olganimiz yoʻq. Qizil kartochka koʻp rejalarimizni buzib yubordi. Futbolchilar 10 kishi boʻlsada, qoʻllarini tushirmay oʻyinni saqlab qolishga harakat qilishdi“,- deydi Asror Aliqulov.

– Birinchi boʻlimdagi qizil kartochka boʻyicha futbolchingiz bilan gaplashdingizmi? Eʼtiroz bildirgani uchun chetlatildimi?

– VAR koʻrgan. Kiyinish xonasida koʻrganimda ikkita futbolchimizning ham oyoqlari qonab ketgandi. Butsaning tag qismi oyoq ustiga qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Futbolchi hakamga shuni koʻrsatmoqchi boʻlgan. U vaziyatda hakam haqorat qilganini, futbolchi bunday demaganini aytyapti.

– Sizni yoshlarga imkoniyat beradigan murabbiy sifatida bilamiz. Bugun maydonga tushgan legionerlarning oʻyinidan qoniqish hosil qildingizmi?

– Bugun koʻproq yakkakurashlar koʻp boʻldi. ”Metallurg“ bosim uyushtirishga, fol evaziga qarshi hujumga oʻtishimizga yoʻl qoʻymayotgandi. Oʻyin boshidan sariq kartochkalar koʻpayib ketganligi sababli futbolchilarga ehtiyotkorlikni buyurdik. Birinchi kontakdan Ifeani ogohlantirildi. Oʻyinni koʻrib tahlil qilamiz, xatolarni batafsil oʻrganamiz.

– ”Qizilqum“ bir kishi kam boʻlsada, ”Metallurg“ga yaxshi bosim uyushtirdi. Jamoa keyingi turlarda ham shunday oʻyinaydimi, raqib esa ”Nasaf“…

– Navbatdagi ikki raqib juda kuchli va yuqori saviyali futbolchilarga ega. Bosim uyushtirish ”Metallurg» futbolchilaridan kelib chiqib qilindi. Bugungi oʻyinda ayrim futbolchilarga pressing qilish, teparoq oʻyinash aytilgandi. Bu futbolchilarning oʻsishi uchun ham kerak.

– Islom Toshpoʻlatovning holati 90 daqiqa oʻynashga tayyor emasmi?

– Koʻp oʻyinlarda toʻpsiz oʻynashga toʻgʻri kelyapti. Islomda toʻp bilan harakat qilishda muammo yoʻq. Lekin himoyalanish tomonlama kamchiligi koʻp. Futbolchi toʻpsiz ham oʻynashni bilishi kerak. Qisqa vaqt ichida buni toʻgʻirlashi lozim.

– Javohir Ilyosov soʻnggi oʻyinlarda ishonchsiz harakat qilmoqda. Xatolari evaziga jamoa magʻlub boʻlyapti…

– 10talik limit qiynab qoʻydi, desak ham boʻladi. Darvozabon olish niyatida boʻldik. Rahbariyat qaysidir tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi yoki aksincha. Soʻnggi kungacha ish olib borildi. Roliklarni koʻrib olish xato boʻlishi mumkin edi. Keyingi oʻyinlargacha xatolarini toʻgʻirlaydi, deb oʻylayman. Uni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Chunki Javohir Ilyosov va Artyom Makosindan boshqa darvozabonimiz yoʻq. Ikki darvozabonimiz transferlar oynasi ochilgunigacha asosiy posbonlarimiz boʻlishadi.

Related Articles

Back to top button