Sevimli “Qizilqum” jamoamiz superliganing 3-tur uchrashuvini Bekabodda “Metallurg” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda oʻzaro 46 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 18 tasida vakillarimizning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana 16 ta oʻyinda “Metallurg” jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 12 uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlagan. Toʻplar nisbati esa 61—59. “Qizilqum” jamoasi foydasiga.
“Qizilqum” jamoasining oʻzaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik gʻalabasi 2006-yilda qoʻlga kiritilgan boʻlib, oʻshanda “konchilar” raqibni 5:0 hisobida magʻlub etishgan.
“Metallurg” va “Qizilqum” jamoalarining soʻnggi 5 uchrashuv natijalari:
“Qizilqum” 0:1 “Metallurg”
“Metallurg” 1:1 “Qizilqum”
“Qizilqum” 1:3 “Metallurg”
“Metallurg” 1:2 “Qizilqum”
“Qizilqum” 1:0 “Metallurg”