COCA COLA SUPERLIGAYANGILIK

Coca-Cola Superliga

Coca-Cola Superliga 2-turi doirasida oʻz uyida “Buxoro”ni minimal hisobda magʻlub etgan “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoa avvalgi uchrashuvdagi xatolardan toʻgʻri xulosa qilganini va bugungi oʻyinda toʻgʻri tanlangan taktika evaziga uch ochko qoʻlga kiritilganini aytdi.

-“Bugun oʻziga xos derbida kuchli raqibni magʻlub etdik. Avvalgi oʻyindagi harakatlarimizdan qoniqmagan edim. Bugun “Buxoro”ni toʻgʻri tanlangan taktika tufayli magʻlub etdik. Ular kuchli hujum chizigʻi orqali bosim uyushtirishini bilar edik. Shu bois, tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal koʻrdik. Raqibni yopa oldik va gʻalaba qozondik”, – deydi Aliqulov.

– “Keyingi oʻyin bizga juda qiyinchilik tugʻdiradigan oʻyin. “Metallurg”ga qarshi qiyin uchrashuv kutayapti. Bugun derbi boʻlgani uchun qattiq tayyorgarlik koʻrgan edik va koʻp kuch sarflab yubordik”.

Related Articles

Back to top button