Superliga 2 tur uchrashuvida «Buxoro» jamoasi mag’lub etildi
1. Buxoroliklar uchrashuvni boshlab berdi.
3. Hozircha toʻp hammadan koʻproq ikkala jamoa posbonlariga tegmoqda.
4. Mamatxoʻjayev Abduhamidovga nisbatan qoʻpollik ishlatdi va ogohlantirildi.
7. Ushbu daqiqada ushbu raqamdagi futbolchigi nisbatan qoʻpollik ishlatildi.
9. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Jasur Xoltoʻrayev hisobni ochdi. Lekin Islom Kenjaboyev katta ishni bajardi.
11. Eminovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
12. Sanoyevning qanotdan uzatilgan toʻpga toʻxtatmasdan yoʻllagan zarbasi stadionga tashqarisiga chiqib ketgan boʻlsa, ajablanmayman.
15. Ifeanining zarbasidan soʻng yuqoriga qaragan boʻynim ogʻrib qoldi.
16. Stanisleavich burchak zarbasini ijro etdi, Vahobov toʻpni qaytardi.
17. Stoshich ikki bor jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
23. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi, Ahmedovga nisbatan qoʻpollik ishlatildi.
24. Ubaydullayev kuchli zarba bilan raqib darvozasining peshonasiga chertki berdi.
27. Stanislayevichning uzatmasi darvozasi ortidagi toʻp olib keluvchi bolakayga aniq yetib bordi.
Toʻp nazorati: 37%-63%
30. “Qizilqum” standartidan soʻng toʻp Stoshich qoʻlqoplarining toʻridan oʻrin oldi.
31. Xoltoʻrayev ofsayddan chiqib keldi.
35. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda. Toʻp “Buxoro” futbolchisining qoʻliga tegdi. Ammo 11 metrli nuqtaga asos topilmadi.
35. “Buxoro”da majburiy oʻzgarish: Rustam Abduhamidov oʻrniga Temur Ismoilov tushirildi.
38. Ahmedov Tarasovga nisbatan qoʻpollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
43. Ahmedov oʻyindan tashqari holatda ekanligi maʼlum boʻldi
45. Birinchi boʻlimga 4 daqiqa qoʻshib berildi.
Taym yakunlandi.
46. “Buxoro”da oʻzgarish: Jasur Azimov oʻrniga Aleksandr Kasyan maydonga tushirildi.
46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.
47. Murodbek Rahmatov yiqitildi, lekin raqib futbolchisi Abbos Otaxonov jarohat oldi.
50. Kenjaboyevning jarimadan yoʻllagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
50. Ifeani hakam tomonidan ogohlantirildi.
51. Nurmatov judayam qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning markazdan yoʻllagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
57. Xoltoʻrayev Stanislayevichga nisbatan qoʻpol oʻynagani sababli ogohlantirildi.
61. “Qizilqum” tarkibida oʻzgarish: Azizbek Usmonov Avazxon Mamatxoʻjayeni almashtirdi.
66. Kenjaboyev-Xoltoʻrayev kombinatsiyasidan soʻng “Qizilqum” hujumchisining zarbasiga aniqlik yetishmadi.
67. Murod Rahmatov raqibni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
69. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda. Chetlatish boʻlishi mumkin. Lekin qaror oʻzgarmadi.
70. Xoltoʻrayev raqib posboni va himoyachisi oʻrtasidagi tushunmovchilikdan foydalana olmadi.
71. Stanislavlevich hujumda qoida buzgani uchun ogohlantirildi.
Zarbalar boʻyicha koʻrsatkich 11-2 ekan.
76. Joʻrayev ijro etgan standart mezbonlar tomonidan bartaraf etildi.
80. “Qizilqum”da ikki oʻzgarish: Viktor Mbaoma va Sherali Joʻrayev maydonga tushirildi, Jasur Xoltoʻrayev va Islom Kenjaboyev maydonni tark etdi.
84. “Qizilqum”da oʻzgarish: Tolmasov Sanoyev oʻrniga uchrashuvni yakunlab qoʻyadi.
89. “Buxoro”da oʻzgarish: Nixayev Stanisavlevichni almashtirdi.
90. Ikkinchi boʻlimga 6 daqiqa qoʻshib berildi.
UCHRASHUV YAKUNLANDI!