Sevimli “Qizilqum” jamoamiz superliganing 2-tur uchrashuvini Navoiyda “Buxoro” jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 12-mart kuni boʻlib oʻtadi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda oʻzaro 40 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 17 tasida vakillarimizning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana 16 ta oʻyinda “Buxoro” jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 7 uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlagan. Toʻplar nisbati esa 54—46. “Qizilqum” jamoasi foydasiga.
“Qizilqum” jamoasining oʻzaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik gʻalabasi 2002-yilda qoʻlga kiritilgan boʻlib, oʻshanda “konchilar” raqibni 5:0 hisobida magʻlub etishgan.
“Qizilqum” va “Buxoro” jamoalarining soʻnggi 5 uchrashuv natijalari:
“Buxoro” 1:1 “Qizilqum”
“Qizilqum” 1:0 “Buxoro”
“Qizilqum” 1:1 “Buxoro”
“Buxoro” 1:1 “Qizilqum”
“Qizilqum” 0:1 “Buxoro”