NAZORAT UCHRASHUVIYANGILIK

Soʻnggi nazorat uchrashuvida durang qayd etildi

Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borayotgan jamoamiz vakillari bugun soʻnggi nazorat bahsida maydonga tushdi. Bu safargi raqib esa Qzogʻistonning “Kaspiy” jamoasi boʻldi.

Bellashuv har ikkala jamoalarning keskin hujumlari ostida kechdi. Ana shunday hujumlarning birida jamoamiz yarimhimoyachisi Islom Kenjaboyev raqib himoyachilarini aldab oʻtib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishgʻol qildi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi
Antaliya — Turkiya
“Arkadiya” sport markazi

“Qizilqum” 1:1 “Kaspiy” 

Gollar: I. Kenjaboyev 45ʻ (1:1) — Pansulaya 30ʻ (0:1)

“Qizilqum”: Javohir Ilyosov, Jaloliddin Sodiqov, Nikolay Tarasov, Samandar Shukrullayev, Azizbek Usmonov, Ifiani Ifiani, Murod Raxmatov, Alisher Sanoyev (s), I. Kenjaboyev, O. Nurmatov, Jasur Xoltoʻrayev.

“Kaspiy”: Tokotayev, Kadыrbayev, Zaleskiy, Kotsev, Kusyapov, Diakate, Narzildayev, Armanavichyus, Bridjido, Podstrelov, Pansulaya

Related Articles

Back to top button