NAZORAT UCHRASHUVIYANGILIK

Nazorat uchrashuvi: «Qizilqum» – «Samtrediya» 0:0

Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazayotgan jamoamiz bugungi uchinchi nazorat uchrashuvini Gruziyaning “Samtrediya” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Bellashuv har ikkala jamoalarning shiddatli hujumlari ostida kechdi. Birinchi boʻlim oʻrtalarida Islom Kenjaboyev raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni ochishi mumkin edi. Ammo gruziyaliklarning rossiyalik posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
Ikkinchi boʻlimda jamoamiz tarkibida yangi kuchlar maydonga tushdi. Bir vaziyatda qanotdan uzatilgan toʻpni Murod Rahmatov darvozaga yoʻnaltirdi. Raqib posboni toʻpni qaytardi. Takroriy zarbani Samandar Shukrullayev darvozaga aniq yoʻlladi. Ammo qanot hakami himoyachimiz oʻyindan tashqari holatda gol urganligin qayd etdi. Murosasiz kechagan bellashuvda tomonlar golsiz durangga imzo chekishdi.

Nazorat uchrashuvi.

“Qizilqum” – “Samtrediya” (Gruziya) 0:0

Antaliya. “Arkadiya” sport markazi.

“Qizilqum”: Javohir Ilyosov, Ilhom Vahobov, Samandar Shukrullayev, Oleg Tolmasov, Avazxon Mamatxoʻjayev, Ifiani Ifiani, Murod Rahmatov, Islom Toshpoʻlatov, Islom Kenjaboyev, Sherali Joʻrayev (s), Viktor Mboma.

Zahiradan maydonga tushganlar: Alisher Sanoyev, Jasur Xoltoʻrayev, Oybek Nurmatov, Davron Anvarov, Jaloliddin Sodiqov, Azizbek Usmonov, Nikolay Tarasov.

Related Articles

Back to top button