Antaliya o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida jamoamiz ilk g’alabani qo’lga kiritdi.
Bu gal Ruminiyaning “Brasov” klubiga qarshi bellashuvning birinchi boʻlimi oʻrtalarida raqib himoyachilarining qoʻpol xatosidan keyin jamoa sardori Sherali Joʻrayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi.
Ikkinchi boʻlimda har ikkala jamoa tarkibida yangi kuchlar maydonga tushdi. 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan hujumchimiz Jasur Xoltoʻrayev hisobdagi farqni ikkitaga yetkadi. Oʻyinning hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarida Saim Tudor Ilyosov qoʻriqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi -2:1.
Oʻrtoqlik oʻyini. 09.02.2023
“Qizilqum” – “Brasov” (Ruminiya) 2:1
Antaliya. “Grand Park” sport majmuasi.
Gollar: Saim Tudor 90 – Sherali Joʻrayev 23, Jasur Xoltoʻrayev 74.
“Qizilqum”: Artyos Makosin, Oleg Tolmasov, Nikolay Tarasov, Azizbek Usmonov, Ilhom Vahobov, Ifeani Ifeani, Islom Toshpoʻlatov, Murodbek Rahmatov, Sherali Joʻrayev, Viktor Mbaoma, Oybek Nurmatov.
Zahiradan tushganlar: Ilyosov, Shukrullayev, Kenjaboyev, Mamatxoʻjayev, Xoltoʻrayev, Sanoyev, Anvarov, Codiqov.
“Brasov”: Ureche, Diallo, Mark, Sorsa, Oltean, Izata, Lazar, Konstantin, Lasku, Angelov, Spataru.