Yangi mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Oʻtgan mavsumda Iroqning “Navroʻz” jamoasida harakat qilgan isteʼdodli yarimhimoyachi Ifiani Ifiani “Qizilqum” jamoasi bilan shartnoma tuzdi.
Ifiani Ifiani haqida:
Tugʻilgan sana: 15.08.1995
Tugʻilgan joyi: Nigeriya — Lagos
Maydondagi pozitsiyasi: Yarim himoyachi
Oxirgi oʻynagan jamoasi: “Navroʻz” (Iroq)