Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Toshkentda oʻtkazayotgan futbolchilarimiz bugun yigʻin doirasida soʻnggi nazorat uchrashuvini Gʻuzorning “Shoʻrtan” jamoasiga qarshi oʻtkazishdi.
Bellashuvning 9-daqiqasida Oybek Nurmatovning 11-metrlik jarima zarbasidan kiritgan goli jamoamizning kichik hisobdagi gʻalabasini taʼminladi-1:0.
Jamoamiz ushbu oʻyin bilan Toshkentdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga yakun yasadi.
12 kunlik Toshkent yigʻini davomida jamoamiz toʻrtta nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi. “Soʻgʻdiyona” (2:1), “Surxon” (3:1), “Shoʻrtan” (1:0) magʻlub etilgan boʻlsa, “Dinamo”ga (2:3) imkoniyat boy berildi.
Jamoamiz tayyorgarlikning uchinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida (3-17-fevral) oʻtkazadi.
Nazorat uchrashuvi.
“Qizilqum” – “Shoʻrtan” 1:0
Toshkent.
Bosh hakam: R.Karimov.
Gol: Oybek Nurmatov (9-pen).
“Qizilqum”: A.Makosin, J.Sodiqov, N.Tarasov, S.Shukrullayev, A.Usmonov, M.Rahmatov, I.Toshpoʻlatov, O.Anvarov, O.Nurmatov, Sh.Joʻrayev. J.Xoltoʻrayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: I.Vahobov, H.Abdualimov, D.Rahmatullayev, O.Tolmasov, A.Sanoyev, Sh.Turopov, A. Mamatxoʻjayev, S.Tursunov, A.Asadov.