NAZORAT UCHRASHUVIYANGILIK

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum” – “Surxon” 3:1

Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazayotgan futbolchilarimiz bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o’tkazishdi.

Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda futbolchilarimiz ishonchli g’alabani qo’lga kiritishdi. Bellashuvning 38-daqiqasida Jasur Xolto’rayev sobiq jamoadoshlari darvozasini aniq nishonga olgan bo’lsa, oradan ko’p o’tmay jamoa sardori Sherali Jo’rayev oradagi farqni ikkitga oshirdi.

Ikkinchi bo’lim o’rtalarida termizliklar 11-metrlik jarima zarbasidan hisobni qisqartirgan bo’lishsa, o’yinning so’nggi soniyalarida zaxiradan maydonga tushgan Ilhom Vahobov bellashuvga yakuniy nuqtani qo’ydi -3:1.

Toshkent yig’ini davomida jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini 27 yanvar kuni Samarqandning “Dinamo”siga qarshi o’tkazadi.

Nazorat uchrashuvi.

“Qizilqum” – “Surxon”  —  3:1

Toshkent viloyati. Ahmad Yassaviy qo’rg’oni stadioni.

Bosh hakam: Rahimbek Karimov.

Gollar:  Jasur Xolto’rayev (38), Sherali Jo’rayev (43), Ilhom Vahobov (90) – Kamronbek Saidazimov (64-pen).

“Qizilqum”: J. Ilyosov, J.Sodiqov, O.Tolmasov, S.Shukrullayev, A.Mamatxo’jayev, Sh. Turopov, A. Sanoyev, D.Anvarov, Sh.Jo’rayev, D.Rahmatullayev, J.Xolto’rayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizbek Usmonov, Oybek Nurmatov, Islom Toshpo’latov, Ilhom Vahobov, Nikolay Tarasov, Murod Rahmatov, Salohiddin Tursunov.

Related Articles

Back to top button