NAZORAT UCHRASHUVI
Toshkentdagi yig’in doirasida so’nggi o’rtoqlik uchrashuvida ham durang natijasi qayd etildi
- Bugun futbolchilarimiz poytaxtdagi yig’in doirasida so’nggi nazorat bahsini o’tkazishdi. Bu gal jamoamizga Proliga vakili «Olympic Mobiuz» klubi raqiblik qildi. Murosasiz kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoamiz tarkibida Shahzod Rahmatullayev uchrashuvdagi yagona golimizga mualliflik qildi. Endi futbolchilarimiz Toshkentda mashg’ulotlarni davom ettiradi.
Nazorat uchrashuvi, Toshkent
«Olympic Mobiuz» stadioni
«Olympic Mobiuz» — «Qizilqum» 1:1
Gollar: Nurlan Ibraimov 76’ (1:0) — Shahzod Rahmatullayev 83’ (1:1)
«Qizilqum»: 1. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Asror G’ofurov (ko’rikda), 8. Shahzod Rahmatullayev, 9. Islom Kenjaboyev, 11. Jambuli Jigauri, 15. Nikola Kumburovich, 23. Samandar Shukrullayev, 70. Shohruz Norxonov (ko’rikda), 77. Fayzullo Jumanqo’ziyev, 88. Dushan Miyich.







