SUPERLIGA

Superliga. «Qizilqum» «So’g’diyona» bilan durang o’ynadi, jizzaxliklar bahsni 10 kishi bo’lib tugatishdi

  • «Qizilqum» – «So’g’diyona» 0:0
  • 14 iyun 2025 yil. Navoiy, «Yoshlar» sport majmuasi. 20:00
  • Hakamlar: Timur To’xtasinov, Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov, Sardor Mirodilov
  • Nazoratchi: M. Ismoilov
  • VAR hakami: Ravshan Abdivahidov
  • AVAR hakami: Shohnur Yo’ldashev
  • Komissar: Mamur Sultonov
  • «Qizilqum»: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov (20.Bobomurod Bozorov, 84), 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 10.Roman Papariga (17.Akmaljon Muzaffarov, 59), 15.Nikola Kumburovich, 19.Ilhomjon Kenjaev (18.Farhodbek Bekmuratov, 70), 23.Samandar Shukurillaev, 77.Fayzullobek Jumanqo’ziev, 88.Dushan Miyich
  • Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 9.Humoyun Abdualimov, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev, 78.Farruh Jo’raev
  • «So’g’diyona»: 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 14.Lyupcho Doriev (5.Behruz Jumatov, 90+10), 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (17.Ehsoni Panshanbe, 60), 32.Nodirjon Soyibov, 77.Luka Jorjevich (9.Samandarjon Mavlonqulov, 55), 99.Umidbek Sultonov (2.Zoir Jo’raboev, 60)
  • Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 18.Oybek Nurmatov, 34.Dilshodbek Misiraliev, 42.Sardorbek Erkinov, 36.Inomjon Abdumajidov
  • Ogohlantirishlar: Islom Qobilov 90+1, Bobomurod Bozorov 90+3.
  • Chetlatish: Otabek Ahadov 90+9.
  • 90+11. O’yin tugadi. «Qizilqum» – «So’g’diyona» 0:0
  • 90+10. O’zgarish. «So’g’diyona». Doriev o’rniga Jumatov tushdi
  • 90+9. QIZIL KARTOCHKA. «So’g’diyona». Otabek Ahadov
  • 90+7. Bosh hakam VAR yoniga bordi, Ahadov qizil kartochka olishi mumkin.
  • 90+6. UXX! Maydon markaziga yaqin joyda Otabek Ahadov va Shahzod Rahmatullaev to’qnashuvida Shahzod jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam berishdi.
  • 90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo’shildi
  • 84. O’zgarish. «Qizilqum». Anvarov o’rniga Bozorov tushdi
  • 79. Zarba! Davron Anvarovning uzoqdan yo’llagan zarbasidan keyin Mitrovich to’pni qiyinchilik bilan egallab oldi!
  • 75. ZARBAA! Lyupcho Dorievning taxminan 20 metrlardan yo’llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin to’pni Quvvatov qaytardi, qaytgan to’pni Mavlonqulov boshi bilan darvozaga yo’lladi, noaniq
  • 74. Zarba! Jumanqo’zievning to’p uzatishidan keyin Muzaffarov darvozaga zarba berdi, to’p yo’liga himoyachi to’g’anoq bo’ldi
  • 70. O’zgarish. «Qizilqum». Kenjaev o’rniga Bekmuratov tushdi
  • 69. Zarba! Jumanqo’zievning jarima maydoni tashqarisidan yo’llagan zarbasi noaniq chiqdi
  • 67. ZARBAAA! Rahmatullaev tomonidan uzatilgan to’pni Muzaffarov jarima maydoni ichidan darvozaga yo’lladi, Mitrovich to’pni ushlab oldi 
  • 60. O’zgarish. «So’g’diyona». Andreev va Sultonov o’rniga Panshanbe va Jo’raboev tushdi
  • 59. O’zgarish. «Qizilqum». Papariga o’rniga Muzaffarov tushdi
  • 57. Xavfli vaziyat! «Qizilqum»da jarima zarbasi, jarima maydoniga uzatilgan to’p Roman Paparigaga bordi, uning yaqin masofadan yo’llagan zarbasi noaniq ketdi! 
  • 55. O’zgarish. «So’g’diyona». Jorjevich o’rniga Mavlonqulov tushdi
  • 53. Zarba. Burchak to’pidan keyin Roman Papariga boshi bilan zarba berdi, noaniq
  • 49. ZARBAA! Luka Jorjevichning jarima maydoni tashqarisidan yo’llagan zarbasi aniq chiqdi, Quvvatov to’pni oyoqlari bilan qaytarib yubordi!
  • 46. Ikkinchi taym boshlandi
  • 45+2. Birinchi bo’lim yakunlandi, hozircha 0:0
  • 45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo’shildi
  • 41. Zarba! «Qizilqum»da jarima zarbasi, Rahmatullaev uzatgan to’pni Papariga boshi bilan darvozaga yo’lladi, Mitrovich o’z o’rnida
  • 36. Zarba! «So’g’diyona»ning hujumi Qahramonovning zarbasi bilan tugadi, ancha noaniq
  • 31. Futbolchilar suv ichib olishdi
  • 30. Samandar Shukurillaev jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko’rsatishmoqda
  • 29. ZARBA! Mehmonlarning hujumi Nodirjon Soyibovning zarbasi bilan tugadi, Quvvatov to’pni ikkinchi urinishda ushlab oldi
  • 26. Zarba! «Qizilqum»ning hujumi chap qanotdagi Ilhom Vahobovning kuchli zarbasi bilan tugadi, ancha noaniq
  • 16. Xavfli vaziyatga o’xshash vaziyat. «So’g’diyona»ning o’ng qanotdan hujumi, Qahramonov uzatgan to’pni himoyachi qaytarib yubordi
  • 15. O’yinning dastlab 15 daqiqasi ortda qoldi. Agar siz uchrashuv boshini o’tkazib yuborgan bo’lsangiz ishoning hech nima yo’qotmadingiz. Ikkala jamoa ham umuman hujum tashkil etishmadi. To’p faqat maydon markazida bo’ldi
  • 1. O’YIN BOSHLANDI! 

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button