NAVBATDAGI RAQIB
Navbatdagi bahs Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi o’tkaziladi
- «Qizilqum» Superligadagi yurishini davom ettiradi. Bu galgi raqib Namanganning — «Navbahor» jamoasi bo’ladi. Kurashlarga boy uchrashuvni taqdim etuvchi ushbu qarama qarshilik navoiyliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi o’z uyiga qaytayotgan «Qizilqum» bir yarim yillik tanaffusdan so’ng muxlislari qarshisida harakat qiladi. Navoiydagi yangilangan «Yoshlar» sport majmuasida bo’lib o’tadigan mazkur o’yin 4-may kuni soat 19:00 da start oladi.
