INTERVYU

Nikola Lazarevich: «Ikkinchi goldan so’ng o’yinni tashlab yubordik»

  • Superliganing 3-turidan o’rin olgan «Qizilqum» – OKMK (1:3) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida o’yin haqidagi fikrlarini bildirib o’tdi.
  • – OKMK jamoasini g’alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini alo darajada o’tkazgani ko’rinib turibdi. Birinchi bo’limda o’yin teng kurashlar ostida o’tayotgandi. Vaziyatlar yaratdik, raqib darvozasi tomon xavf soldik. Biroq, yakuniy zarbalarda aniqlik etishmadi. Vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklarimiz ko’zga tashlandi.
  • Ikkinchi bo’limda bizda xatolar ko’p bo’ldi. Ikkinchi golni o’tkazib yuborganimizdan so’ng o’yinni tashlab yubordik desa ham bo’ladi. OKMK jamoasi o’z vaziyatlaridan unumli foydalandi. Navbatdagi uchrashuvlarda bu klubga muvaffaqiyat tilayman. Xatolardan to’g’ri xulosa chiqaramiz. Ishlashimiz kerakmi, ishlaymiz, natija osonlikcha kelmaydi. Har bir o’yinda ishonch va ishtiyoq bilan kurashishimiz kerak» – deydi navoiyliklar ustozi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button