MASHG'ULOTLAR
«Qizilqum» jamoasi bir kunlik hordiqdan so’ng navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi
- Nikola Lazarevich boshchilig murabbiylar shtabimiz «Surxon» ga qarshi o’yindan so’ng yigitlarga bir kunlik hordiq bergan edi. Kecha esa futbolchilarimiz tushlikdan so’ng yana mashg’ulotlarga kirishdi. Asosan tiklanish hamda kombinatsion mashg’ulotlarni bajargan futbolchilarimiz ertaga trenajor zalda ham yuklamalarni bajarishi aytib o’tildi.




- Eslatib o’tamiz «Qizilqum» jamoasi navbatdagi bahsni Superliganing 2-turi doirasida «Buxoro» klubiga qarshi o’tkazadi. O’yin 14-mart kuni Toshkentdagui «Jar» stadioni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.



