INTERVYU

Roman Papariga: «O’ylaymanki, biz «Surxon»ga qarshi o’yinda murabbiy tomonidan berilgan barcha ko’rsatmalarni bajara oldik»

  • Superliganing ilk turi doirasida jamoamiz «Surxon»ni (2:0) maglub etib, dastlabki uch ochkoni qolga kiritdi. Ushbu bellashuvda jamoamizning ukrainalik legioneri Roman PAPARIGA jamoamiz tarkibidagi ilk rasmiy uchrashuvida debyut golini kiritib, 2025 yilgi mavsumda «Qizilqum»ning ilk goliga ham mualliflik qildi. Hujumchi uchrashuvdan song oz fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

    – Kechagi o’yin menda katta taassurot qoldirdi. Birinchi navbatda muxlislarimiz qo’llab-quvvatlaganlari uchun rahmat, bu bizga maydonda yanada kuch bag’ishladi. Shuningdek, murabbiylar shtabiga ham mehnatlari uchun rahmat aytmoqchiman.
  • O’ylaymanki, biz «Surxon»ga qarshi o’yinda murabbiy tomonidan berilgan barcha ko’rsatmalarni bajara oldik. Endi o’yinni tahlil qilib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko’rishimiz kerak. Gol urganimdan va jamoa g’alaba qozonganidan xursandman. Bizda juda yaxshi jamoa bor. Klub rahbariyati tomonidan belgilangan vazifani bajarishda bir-birimizga yordam beramiz. Barchani ilk g’alaba bilan tabriklayman, keyingi o’yinni intiqlik bilan kutaman. Ko’rishguncha!

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button