SUPERLIGA
O’zbekiston Superligasining ilk turida Termizning “Surxon” jamoasi bilan kuch sinashgan jamoamiz ishonchli g`alabani tantana qildi.
- Keskin va murosasiz kechgan bellashuvning 9-daqiqasidayoq vakillarimzi hisobni ochishdi. Jamoamizning ukrainalik legioneri Roman Papariga raqib posbonining qo’pol xatosini kechirmadi va to’pni undan olib qo`yib, bo’sh darvozani osonlik bilan ishg’ol etdi.
- Goldan keyin mehmonlar ham vaziyatni tenglashtirishga jon jahdlari bilan urinishdi. 35-daqiqada “Surxon” hujumlarining birida to’p yarimhimoyachimiz Diyor Rahmatulloyevning qoliga tegdi. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam To’rabek Suyunov jamoamiz darvozasi tomon 11-metrli jarima to’pi belgiladi. “Surxon” sardori Jahongir Abdusalomonvning pastki ong burchakka yo`llagan zarbasini tajribali posbonimiz Sanjar Quvvatov qaytarishning uddasidan chiqdi.
- Ikkinchi bo’limda o’yin “temp”i yanada kuchaydi. Bir vaziyatda Papariga yana raqib darvozasini ishg’ol etishi mumkin edi. Biroq termizlik himoyachilar hujumchimizning zarbasini darvoza chizig’i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo’lishdi. O’yin yakuniga yaqin “oltin izlovchilar” ikkinchi golni ham mehmonlar darvozasiga yo’llashga erishishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Elguja Lobjanidzeni jamoadoshlari qulay vaziyatga chiqarishdi. Raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan gruziyalik hujumchimiz Merganovni ustalik bilan aldab, o’yinda yakuniy hisobni o’rnatdi – 2:0.

- O’zbekiston Superligasi, 1-tur. 08.03.2025.
- “Qizilqum” – “Surxon” 2:0
- Samarqand. «Dinamo» stadioni. 385 tomoshabin.
- Hakamlar: To
rabek Suyunov, Akmal G
iyosov, Aleksandr Burov, Umidjon Nutfulloev - Nazoratchi: Konstantin Smirnov
- VAR: Edita Mirabidova
- AVAR: Aleksandr Sidorov.
- PFL komissari: Qudrat Madraimov
- Gollar: Roman Papariga 9, – 1:0. Elguja Lobjanidze 90+4, – 2:0 (Shahzod Rahmatullaev).
- Golga aylanmagan penalti: Jahongir Abdusalomov, 35 (darvozabon).
- “Qizilqum”: 1. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Dilshod Komilov, 8. Shahzod Rahmatullayev, 10. Roman Papariga (77. Fayzullobek Jumanqo’ziev, 85), 11. Jambuli Jigauri, 15. Nikola Kumburovich, 18. Farhod Bekmurotov, 70. Alen Mashovich (99. Elguja Lobjanidze, 67), 79. Diyor Rahmatilloev (7. Davron Anvarov, 90+2), 88. Dushan Miyich.
- Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 9. Humoyun Abdualimov, 22. Shahzod Turopov, 23.Samandar Shukurullaev, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev.
- “Surxon”: 86. Davron Merganov, 2. Behruz Karimov, 4. Nodirxon Ne’matxonov, 6. Behzod Shamsiev, 9. Kirill Kolesnichenko (99. Sunnatilla Poyonov, 72), 10. Dmitriy Pletnev, 17. Jahongir Abdusalomov, 19. Muhammadali Abdurahmonov (11. Abdug’afur Haydarov, 46), 27. Asilbek Jumaev (20. Sardor Mahmudov, 82), 66. Behruz Shaydulov (3. Sunnatilloh Hamidjonov, 57), 88. Dmitriy Kratkov (21. Muhammadyusuf Mirqodirov, 82).
- Zaxira: 16. Dilshod Yo’ldoshev, 7. Dostonbek Tursunov, 14. Sarvar Abduhamidov, 22. Javohir Jo’raev.
- Ogohlantirish: Dilshod Komilov (29) – Behzod Shamsiev (8), Jahongir Abdusalomov (23).
