ISLOMJON TOSHPO'LATOVYANGILIK
Islomjon Toshpoʻlatov — «Qizilqum» jamoasi futbolchisi!
Yangi mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz tarkibni kuchaytirishda davom ettiradi va navbatdagi transferni eʼlon qiladi.
Oʻtgan mavsumda Termizning “Surxon” jamoasida harakat qilgan, Superliganing 2022-yilgi mavsumda “Yil goli” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan, isteʼdodli yarimhimoyachi Islomjon Toshpoʻlatov 2023-yilgi mavsumda “Qizilqum” jamoasi tarkibida harakat qiladi.