OYBEK NURMATOVYANGILIK
Oybek Nurmatov — «Qizilqum» jamoasi futbolchisi!
Yangi mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Oʻtgan mavsumda Samarqandning “Dinamo” jamoasi sharafini himoya qilgan isteʼdodli yarimhimoyachi Oybek Nurmatov 2023-yilgi mavsumda “Qizilqum” jamoasi tarkibida harakat qiladi.