ANTALIYA YIG'INI
Oltinchi nazorat uchrashuvida yigitlarimiz yirik hisobda g’alabaga erishdi!
- Nikola Lazarevich shogirdlari bugun Antaliya yig’ini doirasida navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Raqib esa Rossiya Federatsiyasining «Chertanovo» jamoasi bo’ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy o’tgan bahsda vakillarimiz yirik 4:1 hisobida zafar quchishdi.
Nazorat uchrashuvi. Antaliya
«Kremlin Palace» sport kompleksi
«Qizilqum» – «Chertanovo» 4:1
Gollar: A. Baxshilloyev 25′ (1:0), F. Jumanqo’ziyev 44′ (2:0), D. Anvarov 49′ (3:0), S.Shukrullayev 55′ (4:0)
«Qizilqum»: Rahmatov, Jo’raev, Anvarov, Rahmatov S, Abdualimov, Turopov, Miyich, Kenjaev, Baxshilloev, Jumanqo’ziev, Shukrullaev. - Zaxiradan o’yinga qo’shilganlar: Mashovich, Mamatqulov.


