NAZORAT UCHRASHUVI
Ikkinchi nazorat uchrashuvida ham durang o’ynadik!
- Antaliyada yigʻin oʻtkazayotgan “Qizilqum” klubi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Bu safargi sparring-raqib Gruziyaning “Samgurali” jamoasi boʻldi. Mazkur oʻyinni oʻzbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Shavkat Nasibullayev asosiy referi sifatida ishladi. Oʻyinda ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan oʻynadi. Albatta, xavfli vaziyatlar boʻldi. Gohida esa darvozabonlar mahoratini koʻrsatdi. “Qizilqum” tarkibida Farhod Bekmuratov, Dilshod Komilov, Fayzulla Jumanqoʻziyev singari futbolchilar ancha faolligi bilan ajralib turdilar. Garchi jamoalar gol urishga urinishmasin darvozalar daxlsiz qoldi.
“Qizilqum” – “Samgurali” – 0:0. - 14-fevral. Antaliya. “Kremlin” maydoni.
- Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Maksim Nexochin, Islom Nosirov
- Zaxira hakami: Nayim Qosimov.
- “Qizilqum”: Sanjar Quvvatov, Dushan Miyich, Ilhom Vahobov, Shaxzod Rahmatullayev, Jaba Jigauri, Diyor Rahmatulloyev, Dilshod Komilov, Farhod Bekmuratov, Alan Mashovich, Nikola Kumburovich, Roman Papariga.
- Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Farhod Rahmatov, Murodali Usmonov, Fayzulla Jumanqoʻziyev, Sulton Rahmatov, Davron Anvarov, Ilhom Kenjayev.


