NAZORAT UCHRASHUVI
Navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvida ham durang natija!
- Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Tayyorgarlik davomida klublar nafaqat transfer bozorida ishlamoqda, balki o’rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun «Qizilqum» va yangi mavsumda Superligada debyut qilishi kutilayotgan «Xorazm» jamoalari ro’baro kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy bo’lgan bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Nazorat uchrashuvi - «Qizilqum» — «Xorazm» 1:1
- Gollar: J. Jigauri 53′ (1:0) — D. Ejov 67′ (1:1)
- «Qizilqum«: Sanjar Quvvatov, Dushan Miyich, Nikola Kumburovich, Samandar SHukurullaev, Ilhom Vahobov, Farhod Bekmurodov, Murodali Usmonov, Jaba Jigauri, Alen Mashovich, Diyor Rahmatillaev, Roman Papariga.
- Zaxiradan tushganlar: Ilhomjon Kenjaev, Fayzullo Jumanqo’ziev, Davron Anvarov, SHaxzod Turopov, Xurshid Olimov, Davron Umirov, Asad Xabibullaev, Farruh Jo’raev.
- » Xorazm»: Mashhur Muhammadjonov, Abror Husinov, Jasur Azimov, Ilxom Alijonov, Farruh Ibragimov, Rustam Abduhamidov, Humoyunmirzo Eminov, Xazrat Tursunqulov, Sunnatillo Abdullajonov, Ixtiyor Toshpo’latov, Murod Bobojonov
- Zaxiradan tushganlar: Bobur Sobirov, Dilshod Jo’raev, Sanjar SHoahmedov, Danila Ejov, Iskandar Bo’sinov, Akobir Qayumov, Muhriddin Pazliddinov.



