FUTZAL
Futzal. Ravshan Ibragimov shogirdlari «Temiryo’lchi» jamoasini yirik hisobda mag’lub etdi
- Yangi mavsumga qizg’in tayyorgarlik ko’rayotgan «Qizilqum» futzal jamoasi, yig’in doirasida ilk o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Raqib esa viloyatimizning «Temiryo’lchi» jamoasi bo’ldi. Qizg’in kurashlarga va gollarga boy o’tgan bahsda vakillarimiz 5:1 hisobida g’alabaga erishdi. Uchrashuvdagi gollarga Doston Tursunov, Allayor Sadirov hamda O’tkir Nurullayevlar mualliflik qilishdi.
Nazorat uchrashuvi
«Ximik» sport majmuasi
«Qizilqum» 5:1 «Temiryo’lchi»
