TRANSFER
Karlos Ximenes Sanches «Qizilqum» da ish boshladi
- Yangi mavsumda, yangi marralarni ko’zlayotgan “Qizilqum” klubga yana bir tajribali murabbiyni olib keldi. Endilikda jismoniy tayyorgarlik bo’yicha jamoamizda ispaniyalik mutaxassis Karlos Sanches ish olib boradi. Termizning «Surxon», Bekobodning «Metallurg» jamoalaridagi ish faoliyati bilan o’zbek futbol muxlislariga tanish bo’lgan ushbu murabbiyning so’ngi ish joyi Hindistonning «Bengal» jamoasi bo’lgan.

