YANGILIK

Qizilqum viloyat futbol maktabi bilan hisob-kitob qildi va transfer taqiqidan qutuldi

  • Avvalroq 7 ta klub O‘FA qoshidagi futbol maktablari yoki akademiyalari bilan hisob-kitob qilmagani uchun ularga nisbatan transfer taqiqi qo‘yilishi mumkinligi e’lon qilingandi.

    O‘FA o‘z viloyatidagi futbol klublari bilan shartnoma imzolagan Buxoro, Qizilqum, Neftchi, shuningdek, o‘z viloyati akademiyalari bilan hamkorlik qilgan So‘g‘diyona, Dinamo, Navbahor va Aral klublariga 24-dekabr sanasiga qadar vaqt bergandi. Shartnomaviy majburiyatlar mana shu muddat ichida bajarilmagach, Assosiatsiya 6 ta klubga nisbatan transfer taqiqi qo‘llash masalasini O‘FA tegishli qo‘mitasiga kiritdi.   Yuqorida nomlari qayd etilgan klublar orasidan faqatgina Qizilqum belgilangan muddat ichida o‘z majburiyatlarini bajarishga erishdi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button