YANGILIK
«Qizilqum» jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshladi
Yangi mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz vakillari kechadan mashgʻulotlarning ikkinchi bosqichini boshlab yuborishdi. Jamoada bir nechta yangi futbolchilar koʻrikdan oʻtmoqda. Murabbiylar shtabi esa futbolchilar bilan ikki mahaldan mashgʻulotlar olib borishmoqda.
3 – 17-fevral kunlari esa jamoamiz vakillari Turkiyada xorij yigʻinini oʻtkazadi.
06.01.2023 yil