YANGILIK
Yangi mavsumga, yangi nomlarni saralash boshlandi yoxud U-21 va U-19 jamoalarimizga yangi futbolchilar tanlanmoqda
- Xabaringiz bor bir necha kun ilgari «Qizilqum» PFK hamda Navoiy futbol assotsiatsiyasi hamkorligida jamoamizning U-21 hamda U-19 toifalariga yangi va yosh istedodlarni saralash maqsadida tanlov bo’lib o’tishi e’lon qilingandi. Bugun «Qizilqum» PFK U-21 va U-19 jamoalari murabbiylari ishtirokida yangi nomlarni saralash ishlari boshlandi.
Viloyatimizning bir necha tumanlaridan tashrif buyurgan 70 dan ziyod bo’lajak futbolchilar 7ta jamoaga bo’lingan holda murabbiylar ko’rigidan o’tmoqda. Akmal Rustamov, G’ayrat Jumayev, Furqat Boltayevlar o’z jamoalarida ko’rishni xohlagan yosh istedodlarni esa o’z ko’nikmalari asosida ko’zatishmoqda. Saralash tanlovi ertaga ham davom etadi. Mazkur tanlovda jamoamiz murabbiylariga Navoiy viloyati futbol assotsatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Davronov Dilmurod Xusenovich xamrohlik qilmoqda.
















