INTERVYU
Superliga 23-tur doirasidagi «Qizilqum» – «Dinamo» o’yinidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- — Bugun omadimiz kelmadi. Yigitlar kurashishdi, ammo bahs so’nggida bizdan biroz omad yuz o’girdi.
- — Oldingi turda «Paxtakor» bilan chiroyli o’yin bo’lgandi. Bugun nima etishmadi deb o’ylaysiz?
- — Keskin va hujumdagi aniqlik etishmadi deb o’ylayman. Lobjanidze «Paxtakor» bilan o’yinda jarohat oldi. Yomon o’ynamadik, vaziyatlar bo’ldi. Ammo, biroz omadimiz kelmadi.
- — Darvozamizga kiritilgan ikki golni ham kutilmagan deb o’ylaysizmi?
- — Umuman olganda, birinchi gol kulgili bo’ldi. Ikkinchi gol esa darvozamiz tomon aniq bormayotgan bo’lsa ham o’zimizga urib qo’ydik. Vahobov o’z darvozamizga kiritib qo’ydi.
- — O’yinda hakam bilan tortishib qoldingiz va og’zaki ogohlantirish oldingiz. Nima bo’ldi?
- — Bunaqasi bo’lib turadi. Emociya va shu sabab ogohlantirish oldim. Hakam qarorini umuman o’zgartirmaydi, u tabiiyki vaziyatlarda o’zini haq deb hisoblaydi.
- — Mavsum oldidan qo’ygan qaysi maqsadlaringizga erishdingiz va qaysi o’yinchilar umidingizni oqladi. SHuningdek, kelasi mavsum uchun rejalar qanday?
- — Hali uch tur bor, jadvalda o’zgarishlar bo’ladi. Quyidagi jamoalar ligadagi o’rnini saqlab qolishga urinmoqda. CHempion nomi aniq, ikkinchi va uchinchi o’rinlar uchun ham kurash boradi.
- — Mavsum oldidan olib kelgan o’yinchilar o’zini oqladimi?
- — Buni mavsum so’nggida aytsa bo’ladi.