INTERVYU

«Qizilqum» hamda «Paxtakor» o’rtasidagi Superliganing 22-tur o’yinidan (2:0) so’ng jamoamiz ustozi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

  • Jamshid Saidov: G’alaba doimo yoqimli. O’yin uchun strategiyamiz ish berdi. Himoyadan o’ynab, raqibni qarshi hujumda jazolashga urindik. Hammaga rahmat aytmoqchiman. «Paxtakor»ni ikkinchi marta mag’lub etdik.
  • – «Qizilqum» qarshi hujumlar evaziga g’alabaga erishdi. Reja o’yin boshidan shundaymidi yoki bahs davomida shu qarorga kelindimi?
  • – Bahs uchun rejamiz shunday edi. Uslubimiz foyda berganidan xursandman.
  • – «Qizilqum» o’rtamiyona jamoalar bilan kuchsiz, etakchilar bilan kuchli o’ynaydi. Kiyinish xonasida sehrli so’z aytasizmi?
  • – Men ham o’zimga shu savolni beraman. Menimcha, buning bari psixologiya bilan bog’liq deb o’ylayman. Raqibga past baho berish kabi narsalar kuchsiz o’yinga sabab bo’ladi.
  • – Akaki SHulaya hujumkor yarim himoyachi edi, bugun u himoyada harakat qildi. Sababi nima?
  • – Besh himoyachi bo’lib, himoyadan o’ynadik va qarshi hujumlarni kutdik. Bugungi strategiyamiz shunday edi.
  • – Lobjanidzening jarohati qanchalik jiddiy? SHikastlangan darvozabon – Robert Ozols qachon safga qaytadi?
  • – Ozols safga qaytish uchun vaqt etadi. 9-10 kunda asosiy jamoaga qo’shilishi kerak. Lobjanidze haqida hech narsa deya olmayman. Tibbiy ko’rik xulosalarini ko’rish lozim.
  • – Humoyunshoh Sayyotov bugun yaxshi harakat qildi. U o’yindan-o’yinga ochilyaptimi yoki avval ham mahoratli posbonmidi?
  • – Sayyotov istiqbolli posbon. U asta-sekinlik bilan o’sib, tajriba to’plab bormoqda. So’nggi 3ta o’ynda o’zini faqat yaxshi tomondan ko’rsatdi.
  • – Akaki SHulaya bilan shartnoma qachongacha belgilangan, u bilan bitim uzaytiriladimi?
  • – SHulaya bilan kelishuv yilning oxirigacha amalda. Uzaytirish haqida hozir aniq javob bera olmayman.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button