INTERVYU

Superliganing 19-turidan o’rin olgan “Neftchi” – “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

  • “Uchrashuvning dastlabki qismini yaxshi boshlay olmadik. O’z darvozamizdan 2 ta to’p olib chiqqanimizdan so’ng yigitlar vaziyatni to’g’rilay olishdi. O’yinimiz jonlandi va shuning natijasida hisobni qisqartirishga erishdik. 
  • Birinchi bo’limdan so’ng yigitlarga tegishli ko’rsatmalarni berdik. Ikkinchi bo’limda o’yinimizdagi faollik oshdi, shuningdek zaxiradan qator yangi kuchlarni maydonga tashladik. 
  • Albatta 2 ta to’p farqi bilan ortda borayotib, yakunda durang qayd eta olsangiz, bu yaxshi natija hisoblanadi. Yigitlar bugun ko’rsatmalarni yaxshi bajarishdi va vaziyatni bizning foydamizga to’g’rilay olishdi. Mag’lubiyatdan chiqib ketdik, xarakter uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman”

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button