INTERVYU

Oʻzbekiston kubogi chorak final bosqichidan oʻrin olgan “Qizilqum” – “Andijon” (0:3) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

  • Oʻyin haqida
  • Nima ham deyishim mumkin? Bugun ikkinchi tarkibimiz bilan oʻynadik. “Andijon” kuchli tarkibi bilan maydonga chiqdi va ustunlikka ega boʻldi. Yigitlar yomon oʻyin koʻrsatishmadi, harakat qilishdi. Kubok oʻyinlarida asosan yoshlar tarkibi bilan harakat qildik. Asosiy kuch va eʼtibor chempionat oʻyinlariga qaratiladi, chunki Superligadagi hozirgi natijalarimiz bizni qoniqtirmayapti. Divanda yonboshlab post yozadigan tahlilchilar ikkinchi tarkib bilan oʻynashimiz borasida koʻp gapirishdi. Biz mavjud imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda harakat qilayapmiz. Yosh futbolchilarda xatolar kuzatiladi, bu tabiiy hol. Bugun ham ayrim vaziyatlarda futbolchilarga tajriba yetishmadi. Umumiy aytsam, yomon oʻynamadi yigitlar. Minnatdorchilik bildiraman bugungi oʻyin uchun. 
  • Jamoangiz bugun yoshlar tarkibiga ishonch bildirganiga sabab nima?
  • Aytib oʻtdim, biz kubok oʻyinlarida asosan yoshlar va oʻyin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Chunki asosiy maqsadimiz chempionat oʻyinlariga qaratilgan. Guruh bosqichidan boshlab biz shu yoʻnalishda ishladik. Superliga ikkinchi davrasi yanada ogʻir va qiyin oʻtishiga shubha yoʻq.
  • Rahbariyat kubok oʻyinlarida vazifa qoʻymaganini aytayapsiz. Muxlislar hurmati uchun ham bugun asosiy tarkib maydonga tushirilsa boʻlmasmidi? 
  • Takror aytaman, biz hozir mavjud imkoniyatdan kelib chiqib harakat qildik. Hech qaysi murabbiy maydonga yutqazish uchun tushmaydi. Yosh futbolchilar, oʻyin amaliyoti kam boʻlgan futbolchilarga oʻzlarini koʻrsatish uchun imkoniyat berdik. Yutib qoʻysak, boshqacha fikrlar yangrashi aniq edi. Yigitlar harakat qilishdi, lekin ozroq mahorat yetishmadi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button