TRANSFER
Asror G’ofurov – «Qizilqum» jamoasi futbolchisi!
- Mavsumning ikkinchi qismiga qizg’in tayyorgarlik ko’rayotgan jamoamizdan ilk transfer. O’tgan mavsumda Bangladesh davlatida to’p tepgan tajribali yarim himoyachi Asror G’ofurov endilikda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi.
Asror G’ofurov haqida qisqacha: - Tug’ilgan kuni: 30.01.1995
- Tug’ilgan joyi: Surxondaryo
- Pozitsiyasi: yarim himoya
- To’p surgan jamoalari: «Bashundxara» (Bangladesh), «Surxon» (Termiz), «Saif» (Bangladesh), «Andijon» (Andijon), «Izelspor» (Turkiya), «Manisaspor» (Turkiya), «Gebzespor» (Turkiya), «Paxtakor» (Toshkent)
Asrorning klubimizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!
