YANGILIK
FIFA Qizilqum klubiga nisbatan belgilangan transfer taqiqini olib tashladi
- Joriy yilning 4-aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi Qizilqum hamda uning Shimoliy makedoniyalik sobiq futbolchisi Marko Simonovski o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi. Unga asosan Qiziqilum sobiq o‘yinchisi oldidagi moliyaviy majburiyatni 45 kun muddat ichida bartaraf etishi lozim edi.
- Klub belgilangan muddat ichida bu masalani bartaraf etmagach, iyun oyida unga nisbatan transfer taqiqi joriy etilgan edi. Qizilqum kuni kecha futbolchi bilan hisob-kitob qildi va FIFAga taqiqni olish bo’yicha so’rov yuborildi. Bugun FIFA Qizilqumdan transfer taqiqini olib tashladi.