MASHG'ULOT
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik boshlandi
- Avval xabar berganimizdek qisqa tanaffusdan keyin jamoamiz aʼzolari ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashdi. Futbolchilarimiz ikkinchi davraga poytaxtimizda ikki hafta davomida hozirlik koʻrishadi.
- Yigʻin doirasida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushish rejalashtirilgan. Ular 20-iyul kuni “Andijon”, 23-iyul kuni “Aral”, 26-iyul kuni esa “Lokomotiv” jamoalaridir. Tarkibdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida keyinroq batafsil maʼlumot berib boramiz.
