XALQARO TURNIR
Innoprom – 2024. Birinchi raqib mag’lub etildi va biz finalga yo’l oldik!

- Xabar berganimizdek bugun Jamshid Saidov shogirdlari Innoprom – 2024 xalqaro musobaqasida birinchi uchrashuvini o’tkazdi. Raqib Serbiyaning «IMT Belgrad» jamoasi bo’ldi. Uchrashuv to’liq vakillarimizning ustunligi ostida o’tdi va hisob ham shunga yarasha yirik ko’rinish oldi. Ya’ni 3:0 hisobi tabloda aks etdi. Uchrashuvdagi gollarning ikkitasini Muhammadali G’iyosov kiritgan bo’lsa yana bir gol Nikolay Tarasov hisobiga yozildi. Shunday qilib vakillarimiz Serbiyalik raqiblarini mag’lub etgan holda musobaqaning final yo’llanmasiga ega chiqishdi.
Innoprom – 2024 | 1/2-final
«Ural» akademiyasi | Yekaternburg
«Qizilqum» 3:0 «IMT Belgrad»
Gollar: M. G’iyosov 26’ (1:0), M. G’iyosov 71’ (2:0), Nikolay Tarasov 80’ (3:0).
«Qizilqum»: 1. Humoyunshox Sayyotov, 4. Ilhomjon Vaxobov, 13. Nikolay Tarasov, 14. Fayzullo Qambarov, 23. Samandar Shukrullayev, 25. Azizbek Usmonov, 22. Shaxzod Raxmatilloyev, 9. Xumoyun Abdualimov, 79. Diyorbek Raxmatilloyev, 99. Asadbek Asadov, 17. Muhammadali G’iyosov.
Zaxira: 77. Fayzullo Jumanqo’ziyev, 7. Davron Anvarov, 32. Bobomurod Bozorov, 24. Abduxoliq Tursunov, 37. Asror G’ofurov